"Barselona"ni oldin boshqargan murabbiy yana jamoani boshqarishi mumkin!

  • 9 fevral, 2024, 16:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" allaqachon Xavi Ernandes o‘rniga bosh murabbiyiizlashga kirishgan. 

Tecno

"Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" variantlardan biri sifatida Luis Enrikeni ko‘rmoqda. Enrike 2014 yildan 2017 yilgacha kataloniyaliklarni boshqargan.

53 yoshli mutaxassis hozirda PSJ murabbiyi sifatida ishlamoqda, biroq so‘nggi paytlarda uning ishlari yaxshi emas. PSJ futbolchilari mutaxassisning ishidan norozi ekani haqida ham xabarlar tarqaldi.

Ma’lumot uchun, Luis murabbiy sifatidagi debyut mavsumida “Barselona” bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!