"Barselona"ning 20 yoshli futbolchisi uchun Rim klubi kurashga qo‘shildi

CHERY AUTO

"Barselona"ning fransiyalik yarim himoyachisi Jan-Kler Todibo faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

El Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, 20 yoshli xavbek xizmatlariga "Roma" klubi qiziqish bildirmoqda. Rimliklar kelayotgan yozdayoq kataloniyaliklarga taklif yuborishni rejalashtirishmoqda.

Bungacha Todibo Angliyaning "Everton"i qiziqishlari doirasiga kirgani xabar qilingan edi. O‘z navbatida "Barsa" yarim himoyachi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligi ma’lum bo‘lgan edi.

2019 yil yanvar oyida "Tuluza"dan "Barselona"ga ko‘chib o‘tgan Todibo, yarim mavsumni "Shalke" safida o‘tkazdi va 5 ta o‘yinda maydonga tushdi, joriy mavsumda esa xavbek "Barsa" libosida Ispaniya chempionati doirasida 2 marotaba maydonda harakat qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!