
"Barselona"ning sobiq prezidenti: Mbappe allaqachon "Real" bilan shartnoma imzolagan
"Barselona"ning sobiq prezidenti Joan Gaspar PSJ hujumchisi Kilian Mbappening "Real"ga o‘tishi haqidagi "eksklyuziv" ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men sizga eksklyuziv ma’lumot beraman. Kilian Mbappe allaqachon "Real" bilan shartnoma imzolagan, bunga ishonchim komil. Men Florentino Peresni bilaman va bu ma’lumotlarga to‘liq ishonaman", - dedi Gaspar.
Avvalroq Bild Mbappe "Real" bilan kelishuvga erishgani va frantsiyalik futbolchi yozda erkin agent sifatida Madrid klubiga ko‘chib o‘tishi haqida yozgan edi. Kilian "Real"da yiliga 25 million evro "sof", soliqlarni inobatga olganda esa 50 million evro maosh oladi.
Fikrlar