"Barselona"ning yangi a’zosi: Messi bilan o‘ynash - fantastika
“Barselona”ning yangi o‘ng qanot himoyachisi Serjino Dest Messi bilan o‘ynash uni quvontirishini tan oldi.
“Dunyoning eng zo‘r futbolchisi bilan yonma-yon o‘ynash bu fantastika. Buning uchun men qo‘limdan kelgancha harakat qilaman. Faqat buning uchungina emas, butun “Barselona” uchun. Bugun ular bilan ilk marta uchrashaman. Bu juda quvonarli”, - deydi amerikalik futbolchi.
Dest “Barselona” safiga “Ayaks”dan ko‘chib o‘tdi va 2025 yilgacha shartnoma imzoladi.

Fikrlar