
"Barselona"ning yozda oladigan uchta futbolchisi aniq
Kataloniyaning "Barselona" klubining yozdagi asosiy transfer maqsadlari ma’lum. "El Mundo Deportivo" nashrining xabariga ko‘ra, mavsum yakunida "ko‘k-anorranglilar" "Atletiko" yarim himoyachisi Yannik Ferreyra Karrasko, "Fiorentina" yarim himoyachisi Sofyan Amrabat va "Atletiko Paranaense"dan 17 yoshli hujumchi Vitor Rokeni qo‘lga kiritishga harakat qiladi.
Ayni damda kataloniyaliklar moliyaviy muammolarga duch kelgani uchun yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapti.
"Barsa" hozirda Ispaniya chempionatida 53 ochko to‘plagan holda Madridning "Real"ini 8 ochko ortda qoldirib, ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar