
"Bashakshehir" vakili Abbosbek Fayzullaevning jamoaga moslashuvi haqida gapirdi
Istanbulning "Bashakshehir" klubi matbuot kotibi Go‘khan Yilmaz legionerimiz Abbosbek Fayzullaevning jamoaga moslashuvi haqida ma’lumot berdi.
"Abbosbek "Bashakshehir"ga moslashish davrini o‘tkazishiga hojat bo‘lmadi. U turkiy tilli xalqqa mansub o‘zbek bo‘lgani uchun Turkiyada o‘zini yaxshi his qilmoqda. O‘tgan hafta u Konferentsiyalar ligasidagi ilk rasmiy o‘yinida ishtirok etdi. Allaqachon maydonlarda o‘z mahoratini namoyish etmoqda", - dedi Ispanbul klubi vakili.
Eslatib o‘tamiz, Fayzullaev 7 million evro evaziga Turkiya klubiga Moskvaning TsSKA klubiga o‘tgan edi. "Armiyachilar" safida Abbos barcha musobaqalarda 72 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt sayti ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer narxi 8 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar