"Bavariya", "Barselona" va "Chelsi" bir futbolchi uchun raqobatlashmoqda

  • 08.01.2022 14:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Marsel" klubining mahoratli yarim himoyachisi Bubakar Kamara Evropaning 3 ta grand klubi qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda.

Fussball Transfers nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 22 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun "Bavariya", "Barselona" va "Chelsi" raqobat olib bormoqda. Biroq uning o‘zi mavsum yakuniga qadar “Marsel”da qolib, so‘ngra erkin agent sifatida boshqa jamoaga o‘tmoqchi.

Kamara bu mavsum "Marsel"da 21 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi. Uning transfer narxi 25 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!