“Bavariya” “Barsa” rekordini yo‘qqa chiqarish uchun FIFAga murojaat qilmoqchi

  • 21 dekabr, 2020, 18:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” futbolchilari va bosh murabbiy Flik boshchiligida klub rag‘bari

Tecno

Karl-Xayntsa Rummeniggedan FIFAga murojaat qilib, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini 2020 yilda o‘tkazishni so‘rashni talab qilgan.

Avvalroq, ayrim qit’alar klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga yo‘llanma beruvchi Chempionlar ligasi mavqeidagi mintaqaviy musobaqalarni yil oxirigacha yakunlay olmasligi mumkinligini inobatga olib, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati FIFA tomonidan 2021 yilning yanvariga belgilangan edi.

“Bavariya” esa ushbu musobaqani joriy yilda o‘tkazib, sovrin jamg‘arish bo‘yicha “Barselona” rekordini yo‘qqa chiqarmoqchi bo‘lyapti. Ma’lumki, “Barselona”da Gvardiola davrida bir yilda oltita musobaqada bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

- Jamoa Xans Flik boshchiligida menga kelib, FIFA prezidenti Janni Infantino bilan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini bu yil o‘tkazish bo‘yicha gaplashishimni talab qildi. Ular oltinchi sovrinni yutmoqchi, - dedi Rummenigge.

Ta’kidlash lozimki, “Bavariya” bu yil hisobidan beshta musobaqa – Bundesliga,  Germaniya kubogi, mamlakat superkubogi, Evropa Chempionlar ligasi va  UEFA superkubogida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!