"Bavariya" bosh murabbiy lavozimiga Tuxelni taklif qilmoqchi

  • 29.11.2019 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel yana Bundesligaga qaytishi mumkin.

Le10Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra nemis mutaxassisiga "Bavariya" jiddiy qiziqib qolgan. Myunxenliklar rahbariyatining fikricha aynan Tuxel jamoaga Chempionlar ligasida g‘olib chiqishiga yordam berishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Tuxel Parijga kelishidan avval 2013-2015 yillarda Dortmundning “Borussiya” klubini boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" bundan bir necha kun muqaddam Niko Kovachni iste’foga chiqargan edi. Hozirda jamoani Xans-Diter Flik boshqarmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!