“Bavariya” boshqa maydonga tushmasligi mumkin

  • 20.02.2021 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Evropa Chempionlar ligasi o‘yini oldidan “Bavariya” butun tarkib bilan karantinga olinib, mazkur uchrashuvda ishtirok etmasligi mumkin.

“Bavariya” rahbariyati jamoada koronavirus tarqayotgani bois, vaziyat talab etsa, butun tarkib  karantinga olinishini ma’lum qildi. Myunxen sog‘liqni saqlash organlari ham zaruriy holatda klub yopib qo‘yilishi haqida ogohlantirish berdi.

Shu paytgacha “Bavariya”ning to‘rt nafar futbolchisida koronavirus aniqlangan. “Bavariya”  23 fevral kuni Chempionlar ligasi nimchorak final dastlabki uchrashuvida “Latsio” qarshi maydonga chiqishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!