
“Bavariya” eng zo‘r himoyachini asosiy tarkibdan chetlatadigan bo‘ldi
“Bavariya”ning qanot himoyachisi Alfonso Devis bir necha grand klublar, jumladan “Real” nishoni turibdi.
Biroq myunxenliklar kanadalik futbolchining o‘yin sifatidan qoniqmayapti. Nemis matbuoti klub rahbariyati e’tirozlari haqida Devisni ogohlantirganini yozmoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel Alfonso Devisni asosiy tarkibdan chiqarish masalasini ko‘rib chiqyapti.
23 yoshli futbolchi Bundesligada 2019 yildan beri o‘ynayapti. “Bavariya” uni AQShning “Vankuver” jamoasidan 14 million evroga transfer qilgandi.
Bugungi kunda texkor himoyachi 70 million evroga baholanmoqda. Uning shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi.
Fikrlar