"Bavariya" etakchisi bilan shartnomani uzaytirdi
"Bavariya" yarim himoyachi Yozua Kimmix bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Myunxenliklar Germaniya terma jamoasi a’zosi bilan kelishuvni 2025 yilgacha uzaytirdi. Yangi bitimga ko‘ra, futbolchi jamoada eng ko‘p maosh oladiganlar ichida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. U faqatgina Robert Levandovskidan ortda bormoqda.
26 yoshli Kimmix 2016 yildan buyon "Bavariya" safida o‘ynab kelmoqda. Germaniyalik havbek joriy mavsum 2ta o‘yinda maydonga tushib, shuncha golga assistentlik qildi.

Fikrlar