"Bavariya" futbolchisini Bundesliga klubiga ijaraga berdi

  • 01.09.2021 11:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya"ning amerikalik himoyachisi Kris Richards yangi mavsumni "Xoffenxaym"da o‘tkazadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "Xoffenxaym" 21 yoshli futbolchini 2022 yilning yoziga qadar keyinchalik sotib olish huquqisiz ijaraga olgan.

Ta’kidlash kerakki, Richards o‘tgan mavsumni ham aynan “Xoffenxaym” tarkibida ijarada o‘tkazgan edi. U 13 ta o‘yinda ishtirok etgan va 1 ta golga assistentlik qilgan.

Kris Richars 2018 yildan buyon "Bavariya" futbolchisi hisoblanadi. U shu kungacha myunxenliklarning asosiy jamoasida 10 ta o‘yinda maydonga tushgan va 1 ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!