“Bavariya” Germaniya Superkubogi g‘olibi bo‘ldi va rekord o‘rnatdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hozirgina Germaniyaning Dortmund shahrida joylashgan “Signal Iduna Park” stadionida Germaniya Superkubogi uchun o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatning amaldagi chempioni “Bavariya” o‘tgan mavsum Germaniya kubogini qo‘lga kiritgan “Borussiya Dortmund”ga qarshi bahs olib bordi.

Qiziqarli tarzda kechgan bahsda hisobni mezbonlar ochishdi. Pulishich 12-daqiqada mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq Robert Levandovski oradan 6 daqiqa o‘tib hisobni tenglashtirdi.

Obameyang 70-daqiqada dortmundliklarni yana oldinga olib chiqqan bo‘lsa, uchrashuv so‘nngida Byurki o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi va g‘olib penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi.

Futbol lotoresida esa myunxeliklar 5:4 hisobida g‘alaba qozonishdi va superkubok soxibi bo‘lishdi.

Bugungi sovrin “Bavariya”ning superkuboklardagi oltinchi sovrini bo‘ldi va bu borada 5 ta titulga ega bo‘lgan dortmundliklarni ortda qoldirib, bu borada rekordchiga aylandi.

Germaniya Superkubogi

Borussiya D – Bavariya 2:2 (penaltilar seriyasi 4:5)

Gollar: 1:0 – 12 Pulishich, 1:1 – 18 Levandovski, 2:1 – 71, penalti Obameyang, 2:2 – 88, avtogol Byurki.

Borussiya D – Byurki, Papastatopulos, Zagadu (Passlak, 77), Pishchek, Bartra, Daud (Rode, 46), Shaxin, Dembele, Kastro, Pulishich (Filipp, 90),Obameyang.

Bavariya – Ulrayx, Martines (Zyule, 60), Xummels, Rafinya, Tolisso (Sanshesh, 84), Kimmix, Vidal, Rudi, Riberi, Myuller (Koman, 67),Levandovski.

Ogohlantirishlar: Papastatopulos (17), Zagadu (53), Levandovski (69), Vidal (74), Rode (86), Passlak (90).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!