
"Bavariya" Ispaniya terma jamoasi posbonini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi!
"Bavariya" "Brentford" va Ispaniya terma jamoasi darvozaboni David Rayya bilan shartnoma imzolash borasida muzokaralar olib bormoqda. Ingliz klubi o‘z darvozaboni uchun 46,5 million evro so‘ramoqda.
Avvalroq, posbon “Tottenxem”ga o‘tishi aytilgan edi. 27 yoshli darvozabon o‘tgan mavsum APLning 38 ta o‘yinida maydonga tushib, 46 ta to‘pni o‘z darvozasidan olib chiqqan va 12 ta quruq o‘yin o‘tkazgan.
"Transfermarkt" portali ispaniyalik futbolchini 30 million evroga baholamoqda. Futbolchining "Brentford" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar