"Bavariya" ispaniyalik darvozabonni xarid qilmoqchi

  • 10.08.2023 16:03
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" hamda Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Kepa Arrisabalaga faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin. Myunxenliklar futbolchini sotib olish optsiyasi bilan ijaraga olmoqchi. 

Arrisabalaga 2018 yilning yozida "Atletiko"dan "Chelsi"ga o‘tgandi. Ispaniyalik kiper "aristokratlar" libosida 163 ta o‘yin o‘tkazib, 175 ta gol o‘tkazib yuborgan va 59 ta quruq uchrashuv o‘tkazgan. 

Kepaning London klubi bilan shartnomasi 2025 yilga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 18 million evroga baholamoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!