«Bavariya» Keyinning kelajagi haqida fikr bildirdi
«Bavariya» sport direktori Maks Eberl jamoa hujumchisi Harri Keynning kelajagi haqida fikr bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, klub va futbolchi yangi shartnoma borasida kelishuvga juda yaqin. Keyn o‘zi ham myunxenliklar safida o‘ynashni davom ettirishni istamoqda.
«Shartnoma bo‘yicha muzokaralar juda hamohang, iliq ruhda kechmoqda. Futbolchining o‘zi qolishni juda xohlayapti, klub ham kelishuvni uzaytirishdan manfaatdor. Albatta, aniqlashtirish kerak bo‘lgan ba’zi jihatlar hali bor», – deya xabar beradi Florian Plettenberg.
Harri Keyn «Bavariya» tarkibida jami 148 ta o‘yin o‘tkazgan. U shu vaqt ichida 146 ta gol urgan va 33 ta golli uzatma amalga oshirgan. Hujumchi 2023 yilda jamoaga kelib qo‘shilgan. «Bavariya» unga bo‘lgan huquqlarni «Tottenxem» klubidan sotib olgan edi.

Fikrlar