"Bavariya" Kimmixni qo‘yib yuborishga tayyor
"Bavariya"ni yozgi transferlar oynasida bir qancha futbolchilar tark etishi kutilmoqda. Ular orasiga jamoaning asosiy yarim himoyachilaridan biri Joshua Kimmix ham qo‘shildi, deya xabar berdi "Sky Sports" jurnalisti Florian Plettenberg.
Ma’lum bo‘lishicha, germaniyalik futbolchini myunxenliklar qo‘yib yuborishga tayyor. Sababi, tomonlar o‘rtasida yangi shartnoma borasida kelishuvga erishilmagan va klub uni erkin agentga aylanishini istamaydi.
Kimmixga Evropaning ko‘plab top jamoalaridan takliflar bor. Unga "Liverpul", "Barselona", "Real Madrid", "Arsenal" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirmoqda. Plettenberg yarim himoyachini PSJ, "Manchester Yunayted" va "Chelsi"ga o‘tish imkoniyati pas ekanligini ta’kidladi.
Fikrlar