"Bavariya" Koutinoni tekinga ijaraga olmoqchi
Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Filippe Koutino ma’lum shartlar evaziga yangi mavsumni “Bavariya”da o‘tkazishi mumkin.
Sport Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra myunxenliklar 27 yoshli braziliyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan 2 yilga ijaraga yoki sotib olish majburiyati bilan 1 yilga ijaraga olishi mumkin. Germaniya chempioniga esa ko‘proq ikkinchi variant ma’qul kelmoqda. Aytish kerakki, ushbu holatda Koutino “Bavariya” safida bir mavsum tekinga o‘ynashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” Koutinoni Neymar evaziga PSJga bermoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar