“Bavariya” Levandovski bo‘yicha kutilmagan qarorga keldi

  • 14.04.2022 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Keyingi yillardagi asosiy to‘purari Robert Levandovski bilan xayrlashishga tayyorligini bildirgan “Bavariya” mutasaddilari kutilmaganda fikrini o‘zgartirib, polshalik hujumchini o‘z safida olib qolish uchun harakatga tushib qoldi.

Yaqinda Robert “Barselona” bilan uch yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani, endi kataloniyaliklar myunxenliklarni transferga ko‘ndirishi kerakligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Mirror nashrining xabar berishicha, “Bavariya” 33 yoshli futbolchini olib qolish uchun muzokara o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Avval, myunxenliklar kelasi yili yozda yakunlanadigan shartnomani faqat bir yilga uzaytirish taklifini berib, rad javobini olgandi.

Levandovski joriy mavsumda 41 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 47 marotaba ishg‘ol qilgan. Hozir Evropa chempionatlarida undan ko‘p gol urgan hujumchi yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!