“Bavariya” masalasi yana ko‘tarildi. Fayzullaev va TsSKA munosabat bildirdi!

  • 11 aprel, 2024, 19:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yilning avgust oyida “Paxtakor”dan TsSKAga transfer qilingan Abbosbek Fayzullaev Rossiya Premer-ligasida favqulodda zo‘r o‘ynab ketdi.

Qisqa fursatda “armiyachilar” etakchisiga aylangan 20 yoshli hujumkor futbolchimiz 2024 yilning boshida Qatar mezbonlik qilgan Osiyo kubogida ham jarohati tufayli musobaqaga kela olmagan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va to‘purari Eldor Shomurodov o‘rniga etakchilikni o‘z zimmasiga oldi.

Ana shu muvaffaqiyatlar ortidan ommaviy axborot vositalarida Abbosbek Fayzullaevga Evropa tomonlardan qiziqish bo‘layotgani, xususan, Bundesliganing amaldagi chempioni “Bavariya” uni kuzatayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Rossiya ommaviy axborot vositalari yana shu mavzuni ko‘taryapti. Nufuzli manbalardan biri sport24.ru sayti jurnalisti Andrey Babich Abbosbek Fayzullaevga quyidagi savol bilan murojaat qildi:

— Abbos, sen “Bavariya”ni yana chempionlikka qaytarishga tayyormisan?

— Men hozir TsSKA o‘yinchisiman va bor e’tiborimni Rossiya chempionatidagi o‘yinlarga qaratganman, - deb javob qaytardi legionerimiz.

Fayzullaevning faoliyatini alohida e’tibor bilan kuzatib borayotgan matchtv.ru sayti jurnalistlari mazkur mavzu bo‘yicha TsSKA bosh murabbiyi Vladimir Fedotov fikrini so‘radi:

— Abbos “Bavariya”ga chempionlikni qaytarib bera oladimi?

“Bavariya” bu ajoyib echim, albatta. Lekin ruxsatingiz bilan faqat TsSKA haqida gapiraman. Fayzullaev, eng avvalo, shu erda o‘zini ko‘rsatishi va jamoamizga yordam berishi kerak, - dedi Vladimir Fedotov.

Abbosbek Fayzullaev TsSKAga ko‘chib o‘tganidan beri barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga to‘qqizta golli pas uzatdi.

Shuningdek, o‘tgan yozdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosiga aylangan hujumkor futbolchi xalqaro miqyosda 15 ta o‘yinda o‘z hisobiga to‘rtta gol va bitta assist yozdirib qo‘ydi.

Ana xolos: Ukrainada to‘purar legionerimizni esga olishdi

Fayzullaev chempionlik, “Bavariya” va Evropaga ketish haqida gapirdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Норов Абдужалил
10/04/2024 18:07
Aссалому алайкум. Хурматли админ. Катарда бошланажак осиё чемпионатини таквимини ташланг иложи булса. Уйин бошланиш вактлари Тошкент вакти билан булса яна хам яхши булар эди.