"Bavariya" Nikolas Jeksonni to‘liq sotib olmaydi"
"Bavariya"ning faxriy prezidenti Uli Xyones Nikolas Jeksonning kelajagi haqida aniqlik kiritdi.
"Biz ijara uchun 16,5 million evro to‘lamadik, futbolchi va uning agenti 3 million evro qo‘shdi. Demak, "Bavariya" tomonidan aslida 13,5 million evro sarflandi.
Doimiy transfer bo‘lishi mumkin emas. Bu faqat u 40 ta uchrashuvni asosiy tarkibda boshlasa amalga oshadi. Bu esa hech qachon sodir bo‘lmaydi", - dedi Xyones SPORT1 efirida.
Senegallik forvard yozda "Chelsi"dan myunxenliklar safiga 16,5 million evro evaziga ijaraga o‘tgan, shartnomada esa muayyan shartlar bajarilganda 65 million evro evaziga majburiy sotib olish bandi bor edi.

Fikrlar