«Bavariya» Olise uchun yangi shartnoma tayyorlamoqda

  • 13.06.2026 01:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Bavariya» fransuz yarim himoyachisi Maykl Olise bilan shartnomani 2026 yil kuzigacha uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida L’Équipe nashri iMiaSanMia manbasiga tayanib xabar berdi.
 

Myunxen klubi 24 yoshli futbolchini o'tgan mavsumdagi ta'sirli o'yinlari uchun rag'batlantirishni istamoqda. Olise o'tgan mavsumda 22 ta gol urib, 25 ta golli uzatma berdi va mamlakat chempionati hamda Kubogini qo'lga kiritgan jamoaning yetakchi futbolchilaridan biriga aylandi.
 

«Bavariya» rahbariyati o'z sardorlaridan birini sotish imkoniyatini umuman ko'rib chiqmayapti. Aksincha, uni uzoq muddatga jamoada saqlab qolishni maqsad qilgan. Manbaga ko'ra, Olisega taklif etilayotgan yangi shartnoma doirasida uning maoshi ikki baravar oshirilishi mumkin. Bu esa uni jamoadagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchilar qatoriga qo'shadi.
 

Olise 2024 yil yozida «Kristal Pэlas» klubidan Myunxenga ko'chib o'tgan va qisqa fursat ichida Bundesliganing eng yorqin futbolchilaridan biri sifatida tanilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!