“Bavariya” olti nafar futbolchidan voz kechyapti

  • 11 iyun, 2024, 18:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yakunlangan mavsumda chempionlikni qo‘ldan chiqarib, o‘n yillik gegemonligini boy bergan “Bavariya” rahbariyati tarkibni qayta shakllantiradigan bo‘ldi.

Sky Sport Germany nashrining yozishicha, klub tozalashning dastlabki bosqichida olti nafar futbolchi bilan xayrlashadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Bavariya” kelasi mavsum Matteys de Ligt, Yozua Kimmix, Leon Goretska, Kingsli Koman, Serj Gnabri va Nussair Mazraui xizmatidan foydalanmoqchi emas.

Bu o‘yinchilar bo‘yicha yaxshi taklif tushadigan bo‘lsa, klub mutasaddilari transferga to‘sqinlik qilmaydi.

Jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan Vensan Kompani oldiga jamoa tarkibini kuchaytirib, yana chempionlik yo‘liga qaytish vazifasi qo‘yilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!