"Bavariya" "oltin dubl" qayd etgan taqdirda ham Kovach iste’foga chiqariladi

  • 17.05.2019 16:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" klubi bosh murabbiyi Niko Kovach mavsum yakunlangach o‘z lavozimini tark etadi. Bu haqda Spox nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra myunxenliklar rahbariyati jamoa Germaniya chempionati va kubogida zafar quchib,  "oltin dubl" qayd etgan taqdirda ham uni iste’foga chiqaradi.

Xorvatiyalik mutaxassis o‘rniga esa “Bavariya”ning sobiq futbolchisi, ayni damda esa PSV Eyndxoven klubi bosh murabbiyi hisoblangan Mark van Bommel nomzodi favorit ekanligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!