“Bavariya” qaysar Soboslaini fikrini o‘zgartirishga majbur qiladi
Avstriyaning “Zaltsburg” jamoasi tarkibida ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan Dominik Soboslai qator grandlar taklifini qabul qilmayapti. Biroq tunda myunxenliklar uni fikridan qaytishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Gap shundaki, Toshkent vaqti bilan yarim tunda “Bavariya” Chempionlar ligasi guruh bosqichi to‘rtinchi turida o‘z maydonida “Zaltsburg”ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuvda musobaqa g‘olibi Soboslai jamoasini mag‘lubiyatga uchratsa, avstriyaliklar musobaqani tark etishga majbur bo‘ladi.
“Zaltsburg” ham “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli turniridan chiqib ketganidan keyin etakchi futbolchilarining transferiga to‘sqinlik qilmaydi. Aksincha, ularni sotish orqali byudjetini mustahkamlashga harakat qiladi.

Fikrlar