"Bavariya" rekord yilni yakunladi — daromad 978,3 million evro!
Myunxenning "Bavariya" klubi 2024/25 yilgi moliyaviy mavsumni 978,3 million evrolik birlashtirilgan daromad bilan yakunladi.
Bu o‘tgan yilga nisbatan 2,8 foizga ko‘p bo‘lib, klub tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Hisobot davrida "Bavariya"ning foydasi 11,3 foizga o‘sib, 187,8 million evroga etdi.
Soliq to‘lashdan oldingi foyda 42,5 million evroni, sof foyda esa 27,1 million evroni tashkil etdi.



Fikrlar