"Bavariya" Sane bilan muzokaralarni boshladi

  • 15.05.2019 10:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Myunxenning "Bavariya" klubi "Manchester Siti" vingeri Leroy Sane bilan muzokaralarni boshlab yubordi.

Daily Record nashri tarqatgan xabarga ko‘ra myunxenliklar 23 yoshli germaniyalik futbolchini yozda jamoadan ketadigan Aren Robben va Frank Riberilarga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Sane ham etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab “shaharliklar” safidan ketmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Sane joriy mavsum “Manchester Siti”da jami 45ta o‘yinda maydonga tushdi va 15ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!