"Bavariya" trebl qayd etsa, Pavar kulguga qolishi mumkin

  • 2 mart, 2023, 18:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Benjamen Pavar muxlislarga va’da berdi.

Agar jamoasi mavsum yakunida yutishi mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritsa, frantsuz sochini sariq rangga bo‘yaydi. Yulian Nagelsmann jamoasi Chempionlar ligasi, Bundesliga va Germaniya kubogida g‘olibligi uchun kurashni davom ettirmoqda.
26 yoshli futbolchi jurnalist Kerri Xouga bergan intervyusida: "Agar mavsum oxirida treblni qo‘lga kiritsak, sochlarimni sariq rangga bo‘yayman", - dedi.

Avvalroq, o‘ng qanot himoyachisi mavsum oxirida Myunxenni tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Tomonlar 2024 yilning yozida tugaydigan shartnomani uzaytirishlari mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!