"Bavariya" yana bir asosiy tarkib futbolchisidan ayrildi

  • 05.01.2022 21:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya"ning kanadalik himoyachisi Alfonso Devisda koronavirus aniqlandi. Bu haqda Bundesliga rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi o‘zini yaxshi his qilmoqda va darhol karantinga olingan.

Devis joriy mavsum “Bavariya” safida jami 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!