“Bavariya” yulduzi 3 yilga qamalishi mumkin

  • 09.08.2024 22:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Germaniya politsiyasi transport hodisasi yuzasidan tergov ishlarini boshladi. Gap shundaki, politsiya bo‘lgan voqeada “Bavariya” himoyachisi Matteys de Ligtdan shubhalanmoqda. Niderlandiyalik futbolchi mashina boshqarayotgan vaqtda avtoturargohda turgan mashinani urib yuborib, yo‘l transport hodisasi yuz bergan joydan yashiringan bo‘lishi mumkin.

Agarda 24 yoshli himoyachi aybdor deb topilsa, nemis qonunlari bo‘yicha 3 yilgacha qamalish ehtimoli bor.

“Bavariya” va futbolchining o‘zi bu haqida hali izoh berishmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!