“Bavariya”dan Muhammad Saloh transferiga munosabat bo‘ldi
Muҳammad Saloҳ joriy mavsum yakunlanishi bilan “Liverpul” tarkibini tark etishi haqida e’lon qilganidan keyin misrlik to’purar faoliyatini qaerda davom ettirishi ko’pchilikni qiziqtirib qo’ygan.
33 yoshli futbolchiga Yevropa, MLS va Saudiya Arabistoni klublaridan chorlovlar bo’layotgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.
Xususan, bir necha manbalarda afrikalik futbolchi Myunxenning “Bavariya” jamoasiga o’tishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo’ldi.
Germaniya futboliga ixtisoslashgan taniqli jurnalist Kristian Falk bu ma’lumotlarga oyidnlik kiritdi.
- “Bavariya” klubi rahbarlaridan Eberl aniq tushuntirdiki, Saloҳni transfer qilish masalasi Myunxen klubida muhokama qilinmayapti. Buning barchasi yolg’on ma’lumotlar, - dedi Kristian Falk.
Eslatib o’tamiz, Muҳammad Saloҳ 2017 yildan beri “Liverpul” sharafini himoya qilib kelmoqda va bu jamoaga klublar miqyosidagi barcha nufuzli musobaqalarda g’olib chiqishiga katta hissa qo’shgan.
Saloҳning amaldagi shartnomasi aslida 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Hozir uning transfer bozoridagi qiymati 30 million yevroni tashkil qiladi.
Fikrlar