Baxtiyor Ashurmatov: "4:2 hisobidagi g‘alabadan keyin hakamlar haqida gapirish noto‘g‘ri"

  • 1 oktabr, 2021, 19:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” – “Paxtakor” (4:2) o‘rtasidagi o‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

Tecno

- Bugungi bayram bilan barcha o‘qituvchilarimiz va ustozlarimizni tabriklayman. Katta futbolga qadam qo‘yishimda Bahrom aka Hakimov katta hissasini qo‘shgan. Shuningdek, Mirjalol Qosimov, Aleksandr Volkov, Tachmurod Agamurodov, barcha ustozlarimga rahmat. Bugun futbolchilarimiz tomonidan bizga bayram ulashildi. “Paxtakor”ni nimani evaziga yutishimiz mumkin edi? “Andijon”ga qarshi o‘yinini ko‘rib chiqqandik. Faqat katta xohish, “Paxtakor” o‘yinchilaridan ko‘proq yugurish, yakka kurashlarda ustunlik qilish kabi faktorlar evaziga yutishimiz mumkin edi. Xudoga shukr, rahbariyatimiz va muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Jamoamiz chempionatdagi eng yaxshi o‘yinlaridan birini o‘tkazdi. Barcha ko‘rsatmalarni aniq bajarishdi va haqqoniy g‘alabaga erishdik. Ikkinchi bo‘limda ikkita gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin o‘yinda burilish bo‘lishi mumkin edi. Lekin futbolchilarimiz o‘zlarida yana kuch topa oldilar va ikkita muhim golni urdik.

4:2 hisobida yutganimizdan keyin hakamlik haqida gapirishim juda noto‘g‘ri bo‘ladi. Ayrim mayda vaziyatlarda bizni foydamizga ham, “Paxtakor” foydasiga ham xato qilgan bo‘lishi mumkin. Lekin hakamni qaysidir jamoaga yon bosdi, deb aytmagan bo‘lardim. Bugungi o‘yinga hakamlik mos bo‘ldi. “Paxtakor”ga jangovar o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman.

Ruhlantirishga kelsak, o‘yindan oldin futbolchilarimizga aytgandik, ya’ni, “Paxtakor” ustidan oxirgi marta 2003 yili g‘alaba qozonilgan ekan. Bugungi o‘yin tarixiy va muhim edi. O‘yinimiz va tarkibimizdan kelib chiqsak, 9-o‘rindaligimiz mos emas. “Andijon” va “Mash’al”ga qarshi yo‘qotilgan ochkolar o‘rnini endi yuqori o‘rinlardagi jamoalar bilan bahslarda to‘ldirishimiz kerakligini uqtirdik. Bugungi g‘alabamizni muhim faktorlaridan biri shuki, tanlagan tarkibimizdan birorta futbolchi o‘yin tempidan tushib qolmadi. Bugun adashmadik. Har bir futbolchi yaxshi o‘ynadi. Ammo hamma o‘yinchini ham maydonga tushirishni iloji yo‘q. Shuning uchun zaxirada qolib ketgan futbolchilardan uzr so‘rayman, - deydi Ashurmatov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
01/10/2021 22:20
Водий жамоалари Пахтакорни ютиш йўлини ўрганиб олди шекилли. Қўқон жамоаси 4:2га ютибди қойил. Бизда ҳам ценцатсиялар бўлиб турар эканда. Ёки футболчилардан мураббийларига байрам туҳфасими бу. Маладец 1912 .
Кахрамонжон Сафаров
01/10/2021 22:08
Оддий килиб айтганда Бахтёр Сизга ва жамоангиз тапкибига рахмат бу мен учун сенцация агар пахтакор ютганида айрим журналистлар тинмас эди хаттоки одам топа олмасдан уйида хотини билан хам сухбат утказар эди ВОДИЙ ОЛГАаааааааааааааааааааааааа Гузапояни йиништириш вакти келди