
"Bayer" "Manchester Siti" darvozaboniga qiziqish bildirmoqda
Leverkuzenning "Bayer" klubi "Manchester Siti"ning 31 yoshli darvozaboni Stefan Ortegaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda nemis klubi Ortega bo‘yicha hali taklif yubormagan. Biroq, "Bayer" uning rivojlanishidan hayratda qolmoqda. Germaniyalik darvozabonning o‘zi "Manchester Siti"ning asosiy darvozaboni bo‘lishni istaydi.
Ma’lumot uchun, Orteganing "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar