“Bayer” yulduzi Virts qaysi jamoaga o‘tayotgani ma’lum bo‘ldi

  • 21.11.2024 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bayer”ni Germaniya chempionligini qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shgan Florian Virts Evropaning grand klublar orasida talash bo‘lyapti.

Caught Offside nashrining ma’lum qilishicha, 21 yoshli hujumkor futbolchi qaysi jamoaga o‘tishni istayotgani ayon bo‘ldi.

Manbaga ko‘ra, Virts “Manchester Siti”ni tanlagan. U Xosep Gvardiola jamoasida Kevin de Bryuyne o‘rnini egallamoqchi. Ma’lumki, belgiyalik pleymeyker mavsum oxirida shartnomasi yakunlangach, boshqa chempionatga ketmoqchi.

Virtsga “Real” va “Bavariya” ham da’vogar. Lekin Florianning o‘zi bu ikki grand klubda asosiy tarkibga kirishi qiyin ekanini inobatga olib, manchesterliklarni tanlagani aytilmoqda.

Transfermarkt portali ekspertlari leverkuzenliklar tarbiyalagan futbolchini 130 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!