
Bektemir bilan jangdan so‘ng Kovalyov millionerga aylanadi
2021 yilning 30 yanvar kuni sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov (34-4-1, 29 KO) o‘zbekistonlik engilmas bokschi Bektemir Meliqo‘ziev (6-0-0, 5 KO) bilan kuch sinashadi.
Rossiyalik charm qo‘lqop ustasi bo‘lajak jangdan qancha gonorar olishi ma’lum bo‘ldi. Buni insayder Mayk Koppindjer o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida oshkor qildi.
- Ma’lumotlarga qaraganda, Sergey Kovalyov DAZN bilan kelishuv doirasida bo‘lajak jangda 2,5 million dollar miqdorida gonorar oladi, - deb yozadi Mayk Koppindjer.
Sergey Kovalyov bu jangni yana chempionlik shohsupasiga qaytish uchun birinchi bosqich sifatida baholamoqda. Bektemir Meliqo‘ziev uchun ushbu to‘qnashuv boks cho‘qqisiga ko‘tarilishdagi katta qadam bo‘ladi.
Fikrlar