Bektemir Meliqo‘ziev mag‘lub etgan qozog‘istonlik bokschi jahon chempionlik kamari uchun jang qiladi

  • 03.12.2021 11:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan WBO, o‘rta vaznda (72 kg) chempioni Demetrius Andradega (31-0, 19KO) qozoq bokschisi Janibek Alimxanulini (11-0, 7KO) rasmiy majburiy da’vogar deb e’lon qildi. Tashkilot jang borasida muzokaraga kirishish uchun tomonlarga 20 kun muddat berdi. Mazkur vaqt ichida o‘zaro kelishuvga erishilmasa, tashkilot tomonidan jangni tashkil etish uchun ochiq promouterlik savdosi o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Janibek Alimxanuli 2015 yilgi Osiyo chempionatida amaldagi jahon chempioni sifatida ishtirok etgan va o‘shanda 19 yosh bo‘lgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘zievdan mag‘lubiyatga uchragan edi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!