Belarus chempionati. Shahboz Umarov gol kiritgan o‘yinda "Energetik-BGU" yirik hisobda g‘alaba qozondi

Hozirgina Belarus chempionati 22-turidan o‘rin olgan "Energetik-BGU" hamda "Smolevichi" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. "Gorodskoy" stadionida kechgan uchrashuvda "talabalar" 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Hamyurtimiz Shahboz Umarov mazkur bellashuvda raqib darvozasiga bitta to‘p kiritdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa, minskliklar hisobidagi ochkolar soni 34 taga etdi va jamoa 6-o‘rinda bormoqda.

Belarus chempionati. 22-tur

"Energetik-BGU" - "Smolevichi" 4:1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!