"Belarus chempionati. Yaxshiboev gol urdi, "Energetik-BGU" 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Bugun Belarus chempionatida 10-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" safarda "Isloch"ga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

13-daqiqada Yaxshiboev penaltidan hisobni ochishga erishdi, oradan yana shuncha vaqt o‘tib, mezbonlar muvozanatni tiklashga erishdilar. Bellashuv so‘nggida esa Yudchits raqib darvozasini ishg‘ol qilib, "talabalar"ga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, "Energetik-BGU" hisobidagi ochkolar soni 21 taga etdi va turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Peshqadam BATE bilan oradagi farq 1 ochkoni tashkil etmoqda.

Belarus chempionati. 10-tur

20:30 "Isloch" - "Energetik-BGU" 1:2

Gollar: Jasur Yaxshiboev (13 penaltidan), Godfri (27 penaltidan), Evgeniy Yudchits (90+2)

"Isloch": Xatkevich, Yanushkevich, Papush, Kontsevoy, Xolodinskiy, Tsveyba, Karpovich, Melnik, Godfri, Patotskiy, Yansane.

"Energetik-BGU": Lesko, Nosko, Shkurdyuk, Miroshnikov, Yaxshiboev, Yudchits, Mavatus, Umarov, Svirepa, Bakich, Musaxanyan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!