Belarus chempionati. Yaxshiboevning ikki goli “Energetik-BGU”ni 2-o‘ringa olib chiqdi

BEPUL PROPAN

Bugun Belarus chempionatida 8-tur o‘yinlari start oldi. Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov to‘p suradigan “Energetik-BGU” klubi safarda turnir peshqadami “Slutsk” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:1  hisobida zafar quchishdi. E’tiborlisi, “talabalar”ning har ikkala goliga Yaxshiboev mualliflik qildi.

Shu tariqa, “Energetik-BGU” hisobidagi ochkolar soni 15 taga etdi va turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Belarus chempionati. 8-tur

"Slutsk" - "Energetik-BGU" 1:2 

 Gollar: Bala(41) - Yaxshiboev (16, 28 har ikkisi ham penaltidan)

"Slutsk": Pankratov, Trubilo, Obrazov, Chebotaev, Krivulkin, Koanda, Takulov, Kozlov, Umar Bala, Salu, Sirima (Serdyuk, 70).
 
"Energetik-BGU": Lesko, Yudchits, Sokol, Shkurdyuk, Mavatu, Miroshnikov, Nosko, Yaxshiboev, Umarov (Bakich, 46), Tve, Musaxanyan.
 
Ogohlantirishlar: Musaxanyan (26), Trubilo (28), Tve (42), Bakich (67).
 
Chetlatish: Musaxanyan (71).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rostgo'y
08/05/2020 20:16
Iye ukam gapimi yerda qoldirmay xop oka dep 2 ta uripsami otanga raxmat yasha yana uraver malades ugil bola bos dakansa gazini bos golni ur maydonni yondirvor
Muxriddin Murodivich
08/05/2020 19:58
Xa bu bolaga gap yoq zor futbolchi astoydil bosa yulduz chiqadi xudo xoxlasa.olga kami aplda top surgin
&
Rostgo'y
08/05/2020 19:04
Energetik yutsa xam mayli xamyurtimiz bor yaxshibouev uchun nixlislik qilaman atiga shu bir uyinga asli paxtakor uyinchisini yoqtirmaymanu atak yurt uchun majburman
&
fc.navbahor
08/05/2020 21:58
Oyindan xam gol urishi boshla Jasur belarus chm ancha past ekan
&
axmad_qurbonov
08/05/2020 19:56
Yaxshiboyev yaxshi o‘yinchi, faqat qiziqqonligi bor menimcha, shunung uchun ko‘p trennerlar bn kelisha olmaydimi deyman.bu mening fikrim