Belarus. O‘zbek derbisida Yaxshiboevning jamoasi g‘alaba qozondi
Hozirgina Belarus Oliy ligasi 27-turidan o‘rin olgan "Energetik-BGU hamda "Shaxtyor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Talabalar" safida hamyurtlarimiz Humoyunmirzo Iminov va Shahboz Umarov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi. Iminov 57-daqiqada zaxiraga olingan bo‘lsa, Umarov 90 daqiqa davomida faol harakatlandi.
Soligorskliklar tarkibida esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jasur Yaxshiboev 73-daqiqada zaxiraga olindi. Hamyurtlarimiz foydali harakatlarni amalga oshirmadi.
Shu tariqa, "konchilar" hisobidagi ochkolar soni 49 taga etdi va jamoa turnir jadvalida BATEni ta’qib etishda davom etib, 2-o‘rinda bormoqda. "Energetik-BGU" esa 35 ochko bilan 9-pog‘onadan joy olgan.
Oliy liga. 27-tur
ENERGETIK-BGU - ShAXTYoR 1:2.
Fikrlar