"Bellator"da o‘zbekistonlik jangchi paydo bo‘lishi mumkin

  • 03.11.2021 23:01
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Alash pride"ning "Dragon" laqabli chempioni Azamat Nuftillaev "Bellator"ga o‘tishi kutilmoqda.

Ayni damda 27 yoshli jangchi mazkur promoushen bilan muzokaralar olib boryapti. Yaqin vaqtlar ichida bitim imzolanishi kutilmoqda. U faqat viza masalasini hal qilishi lozim. Bu haqda uning o‘zi "Sports.uz" nashriga ma’lum qildi. 

Azamat Nuftillaev faoliyati davomida 11 ta jangda ishtirok etib, ularning barchasida g‘alaba qozongan

Qayd etish joiz, "Bellator" mavqe jihatidan UFCdan keyingi o‘rinda turadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!