Bellingem “Real”dan ketib, qaerda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

  • 15.02.2026 10:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya futboli tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Jud Bellingem professional faoliyati davomida o‘z yurtida katta natijalarni qo‘lga kirita olmagan. Yoshligidayoq Dortmundning “Borussiya” klubiga ko‘chib o‘tgan futbolchi mahoratini Germaniya chempionatida tobladi.

2023 yilning yozida katta salohiyatini namoyish qilgan hujumkor futbolchini Madriddning “Real” klubi o‘z safiga qo‘shib oldi.

Yaqinda Jud Bellingem o‘z kelajagiga oid ma’lumotlarni oshkor qildi. Touchline nashrining yozishicha, 22 yoshli futbolchi faoliyatini yakunlashidan avval Angliya Premier-ligasida ham to‘p tepishni orzu qilayotgan ekan.

Ta’kidlash joizki, Bellingemning hali butun faoliyati oldinda. Xususan, “Real” ikki yarim yil avval 127 million yevro evaziga olib kelingan futbolchi bilan 2029 yilning 30 iyunigacha davom etadigan shartnoma tuzgan.

Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 28 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma bergan. Transfermarkt portali uning qiymatini 160 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!