
Benzema nihoyat uddaladi
Kecha, 28 avgust kuni Madridning “Real” klubi La Liganing 3-turi doirasida “Espanol”ni mehmonda 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Frantsiyalik hujumchi Karim Benzema ushbu bahsda dubl muallifiga aylandi.
Futbolchi gollaridan birini jarima zarbasi orqali kiritdi.
"Opta" nashri xabariga ko‘ra, bu frantsiyalik futbolchining “Real” safidagi (Karim 2009 yildan buyon “Real”da o‘ynamoqda) jarima zarbasidan kiritgan birinchi goli bo‘lgan bo‘lsa, faoliyatidagi 2008 yildan keyin jarimadan kiritgan ikkinchi goli bo‘ldi. Benzema 2008 yilning aprel oyida "Lion" sharafini himoya qilib kelayotgan paytda "Kann" darvozasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima zarbasini gol urgan edi.
Fikrlar