Benzema qiyin ishni uddalamoqchi
Karim Benzema kelajakdagi maqsadlari haqida fikr bildirdi.
"Hali ko‘p rejalarim bor. Men sovrinlar qo‘lga kiritishni, Chempionlar ligasini bir yoki bir necha marta yutishni xohlayman. Terma jamoa bilan esa, albatta, Jahon chempionatida g‘alaba qozonishni istayman.
Jahon chempionatida terma jamoa bilan sovrin qo‘lga kiritish futbolchiga aql bovar qilmaydigan tuyg‘ularni taqdim etadi. Shu sababli, men bu turnirda zafar quchishni maqsad qilganman", - dedi frantsiyalik goleador.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Frantsiya Jahon chempioni bo‘lganda Karim terma jamoa safida emasdi.

Fikrlar