Benzema: "Real"dagi muammolar – futbolchilar o‘zaro vazifalarini tushunmasligi bilan bog‘liq"

  • 12.12.2025 01:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real"ning sobiq hujumchisi, hozirda "Al-Ittihod" safida o‘ynayotgan Karim Benzema madridliklarda kuzatilayotgan muammolar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

– Hozir qiyinchilikka duch kelayotgan "Real" haqida nima deysiz?

– Ularda o‘zaro tushunish etishmayapti. Mbappe, Vinisius, Bellingem va Rodrigo orasida. Har bir futbolchi maydonda nimani bajarishi lozimligini aniq bilishi shart. Bellingem tushunishi kerakki, u hujumchi emas, u pleymeyker. Mbappe esa bombardir, u pleymeyker emas. Vinisius tayanch yarim himoyachisi emas, u chap qanot vingeri. Har biri o‘z vazifasini tushunganda, bu muammo yo‘qoladi. Chunki ularning har biri dunyodagi eng kuchli o‘n futbolchi qatoriga kiradi va ular bir jamoada to‘p suradi.

– Bu vaziyatni qanday hal qilish mumkin?

– Bu oson emas, chunki har bir futbolchining o‘z xarakteri, o‘z xususiyatlari bor. Hammasi eng yaxshi bo‘lishni istaydi, shuning uchun ba’zi qiyin vaziyatlar yuzaga keladi… Har biri o‘z roli doirasida jamoaga foyda keltirishini tushunishi kerak. Bu umumiy jamoa manfaati uchun qilinadi.

– Bu masalalarni hal etish Xabi Alonso zimmasiga tushadimi?

– Yo‘q, bu erda murabbiy ko‘p narsa qila olmaydi. U ro‘yxatdan eng munosib futbolchilarni tanlab maydonga tushiradi. Shu bosqichdan keyin hammasi futbolchilarning o‘ziga bog‘liq… Agar jamoadoshing sendan yaxshiroq o‘ynasa, buni qabul qilishing kerak.

Muammo shundaki, sendan ko‘proq gol urayotgan futbolchini qabul qilish qiyin. Shuning uchun bir jamoada besh-olti kuchli futbolchi to‘planganda ba’zi ziddiyatlar paydo bo‘ladi. Har biri o‘z hissasini qo‘shadi. Va oxirida hujumchi doimo boshqalarga nisbatan ko‘proq e’tibor oladi. Lekin u baribir jamoadoshlarisiz hech narsa qila olmaydi. Hammasini yolg‘iz bajarib bo‘lmaydi.

– Kilian Mbappe bo‘yicha nimalar deysiz?

– Men uning tarafdoriman, u muvaffaqiyatga erishish uchun barcha qobiliyatlarga ega. Endi "Real"ni sovrinlarga olib chiqish unga bog‘liq, albatta, o‘zi emas, boshqalar bilan, – deya ta’rif berib o‘tdi frantsiyalik forvard.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!