
Benzema: Ronaldu ketgani menga yordam berdi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning “qirollik klubi”dan ketishi, o‘zining o‘yiniga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida gapirdi.
“Men dunyodagi eng zo‘riman deb ayta olmayman. Lekin doimo yuqori saviyada o‘ynashga harakat qilaman, chunki bu — “Real”. Bu jamoaning maqomi shuni taqozo etadi. Men shunchaki klubga yordam berishni xohlayman. Futbolchi uchun yosh muhim emas. Asosiysi, astoydil mehnat qilish kerak.
Krishtianu menga katta yordam berdi. U bilan birga o‘ynagan paytda men ko‘proq assistentlik qilar edim. U ketgach, o‘zimni ko‘rsatishga va jamoa etakchisi bo‘lishga harakat qildim. Klubga avvalgidan ham ko‘proq narsani bera olishimni bilaman. Men o‘z o‘yinimni qayta ko‘rib chiqishim va oldinga qadam tashlashim kerak edi”, — dedi Benzema.
Fikrlar