Benzema terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkin

  • 19.12.2022 12:46
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

"Oltin to‘p"ning amaldagi sohibi, "Real" hujumchisi Karim Benzema terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda AS jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, frantsuzning bunday qarorga kelishiga bosh murabbiy Dide Desham bilan yuzaga kelgan ziddiyat sabab bo‘lgan. Shu bois Karim mamlakat prezidenti Emmanuel Makronning final uchun yuborgan taklifini rad etdi. O‘z o‘rnida "uch ranglilar" ustozi ham Benzema bilan bog‘liq savolga javob berishdan qochdi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 finalida Frantsiya terma jamoasi Argentinaga mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi va janubiy amerikaliklar penaltilar seriyasida aniqroq harakat qilishdi - 4:2.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!