Benzema yubiley golini urdi

  • 23.12.2021 11:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema o‘zining professional faoliyatida kiritgan gollari sonini 400 taga etkazib oldi.

Frantsiyalik futbolchi kecha La Liganing 21-turidan o‘rin olgan "Atletik"ga (2:1) qarshi o‘yinda dubl qayd etdi va yubiley natija qayd etdi.

Benzema o‘z gollarining 298 tasini "Real" safida, 66 tasini "Lion"da va 36 tasini Frantsiya terma jamoasida kiritgan.

Karimga 400 ta  gol urish uchun 824 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Bu esa o‘rtacha 2,06 ta o‘yinda 1 ta gol deganidir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!