Bernurdu: "MYu bugun gʻalaba qozonishga loyiq edi"
Biroz avval Angliya Premier-ligasi 22-turi doirasida muxlislar "Manchester derbisi"ga guvoh bo'lishdi. Bellashuv "qizil iblislar"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. "Shaharliklar" yarim himoyachisi Bernardu Silva mazkur mag'lubiyatga izoh berdi.
"Ular bugun g'alaba qozonishga loyiq edi. Biz ularga aynan kerakli narsani berdik. Men jamoada o'ynagan yillar davomida har doim o'yinni nazorat qilib kelganmiz. Bugun bizga ko'p narsa yetishmadi. Bu biz uchun albatta yomon kun bo'ldi.
Dalot o'yin boshida maydondan chetlatilishi mumkinmi?
Bugungi kabi o'yindan so'ng, menimcha, bizda hech qanday bahona yo'q. Tan olish kerak, bugun juda yomon o'ynadik. O'sha lahzani ko'rdim - bu qizil kartochka edi. Ammo bu mag'lubiyatga sabab bo'lmadi", - dedi Bernardu "Sky Sports" nashriga.
Eslatib o'tamiz, Gvardiola shogirdlarining keyingi o'yini 20 yanvar kuni Chempionlar Ligasida "Budyo-Glimt"ga qarshi bo'lib o'tadi.
Fikrlar